Yangi Zelandiya sog‘liqni saqlash vaziri karantinni buzgani uchun xalqdan uzr so‘radi
Olam
−
07 aprel 2020
2526Yangi Zelandiyaning Sog‘liqni saqlash vaziri Devid Klark mamlakatda karantin rejimini buzgani uchun xalqidan uzr so‘radi. Bu haqda bugun, 7 aprel kuni "Regnum" agentligi xabar berdi.
“Hozirda yangi zelandiyaliklar kasallikdan halok bo‘layotgan bir paytda, men barchani g‘azabini keltirim. Kecha ahmoqona ish tutdim va odamlar nega mendan g‘azablanayotganini tushunaman" deydi Sog‘liqni saqlash vaziri.
Ma’lum qilinishicha, Klark karantin paytida oilasi bilan plyajga borgan va tog‘da velosiped uchgan. Ayni vaqtda mamlakatda kasallik tarqalishi xavfi tufayli harakatlanish taqiqlangan. Bu qilmishi uchun Klark, Yangi Zelandiya Bosh vaziri Jakinda Arderndan o‘zini ishdan olinishini so‘radi. Ammo bosh vazir rad javobini berdi.
“Men Sog‘liqni saqlash vazirini ishdan bo‘shatishim kerak. Uning qilgan ishlari kechirib bo‘lmas xato. Ammo hozir mening ustuvor vazifam COVID-19 ga qarshi kurash. Biz sog‘liqni saqlash sohasini falaj qila olmaymiz”, deydi Ardern.
So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Yangi Zelandiyada koronavirus bilan bog‘liq 1 160 ta holat aniqlangan. Kasallanganlarning 241 nafari sog‘aygan, 1 nafari esa vafot etgan.
LiveBarchasi