Yangi Zelandiya Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kengaytirdi

Olam

image

Yangi Zelandiya 14 nafar Rossiya fuqarosi, shuningdek, yettita mudofaa kompaniyasi va ommaviy axborot vositalariga qarshi sanksiyalar joriy qildi. Bu haqda Yangi Zelandiya Tashqi ishlar vazirligi rahbari Nanayya Maxuta ma’lum qildi.

Endilikda sanksiyalarga uchraganlarning mol-mulki muzlatiladi. Ularning mamlakatga tashrif buyurishi, samolyotlarining Yangi Zelandiya havo hududidan foydalanishi va kemalarning portlarga kirishi taqiqlangan.

TIV bayonotida aytilishicha, sanksiyalar raketa va o‘qotar qurollarni ishlab chiquvchi va ishlab chiqaruvchi kompaniyalar rahbarlari hamda aksiyadorlariga, shuningdek, “Vagner” xususiy-harbiy kompaniyasi bilan bog‘liq bo‘lgan “neonatsistlarning harbiylashtirilgan guruhlari a’zolari”ga nisbatan qo‘llanilgan. Sanksiyalar ro‘yxatiga kimlar kiritilgani aniq aytilmagan. Ma’lumki, cheklovlar ikkita axborot agentligi – InfoRos va Qrimning News Front’ga ta’sir ko‘rsatdi.

“Rossiya Federatsiyasi o‘z mudofaa sektori ko‘magida Ukraina suvereniteti va hududiy yaxlitligini buzganlik uchun javobgar, bu xalqaro huquqni qo‘pol ravishda buzish hisoblanadi”, deydi Tashqi ishlar vaziri Nanayya Maxuta.

Ukrainadagi urush fonida Yangi Zelandiya mart oyida 100 nafar rossiyalik, jumladan Rossiya Prezidenti Vladimir Putin, shuningdek, Mudofaa vaziri Sergey Shoygu va Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrovni qora ro‘yxatga kiritdi. Keyinroq Yangi Zelandiya hukumati ham Davlat dumasi deputatlariga, ham senatorlarga nisbatan sanksiyalarni kengaytirdi. Iyun oyida Rossiya va Belarusning 44 kompaniyasi, oktyabr oyida esa yana 51 tadbirkor qora ro‘yxatga kiritilgan. Shuningdek, Yangi Zelandiya Rossiyadan import qilinadigan tovarlar uchun 35 foizlik bojlar joriy qildi.


Maqola muallifi

Teglar

sanktsiya Rossiya-Ukraina urushi Ukrainaga bosqin

Baholaganlar

21

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing