Yangi yilning ilk kunida qancha chaqaloq dunyoga keldi?
Jamiyat
−
02 yanvar
162922024 yilning 1 yanvar holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda jami 1043 nafar chaqaloq dunyoga keldi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.
Ularning:
540 nafari o‘g‘il,
503 nafari qiz.
Eng ko‘p tug‘ilish Farg‘ona viloyatida (160 nafar) qayd etildi.
Shuningdek, hududlar kesimida keyingi o‘rinlarni:
Samarqand viloyati (127 nafar), Qashqadaryo viloyati (115 nafar),
Namangan viloyati (105 nafar),
Andijon viloyati (97 nafar) band etdi.
Eng kam tug‘ilish esa Navoiy viloyati (11 nafar) hissasiga to‘g‘ri keldi.
E’tiborlisi, tug‘ilganlarning 12 nafari egizakdir.
Ayni paytda shifokorlar go‘daklarning barchasiga belgilangan standartlar bo‘yicha sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatmoqda.
Eslatib o‘tamiz, respublikada davom etayotgan dam olish kunlarida qator tibbiyot muassasalari bilan birga, 229 ta tug‘uruq kompleksida ham jami 7 500 nafar tibbiyot xodimlari, akusher-ginekolog, neonatolog, doya hamda hamshiralar navbatchilik asosida aholiga xizmat ko‘rsatmoqda.
LiveBarchasi