Yangi yil kuni shifoxonalar 24 soat ishlaydi
Jamiyat
−
30 dekabr 2023
6080Yangi yil bayrami va dam olish sanalarida tibbiyot muassasalari tun-u kun ishlaydi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi. Bildirilishicha, Yangi yil bayrami munosabati bilan berilgan 4 dam olish kuni (30 dekabrdan 2 yanvargacha) davomida quyidagi davolash-profilaktika muassasalari 24 soatlik rejimda ishlaydi. Ularda 40 ming nafar tibbiyot xodimi qonunda belgilangan tartibda, navbatchilik asosida aholiga xizmat ko‘rsatadi:
• 207 ta tuman va shahar ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikalari;
• 1 ming 74 ta oilaviy poliklinikalar;
• tuman, viloyat va respublika shifoxonalari;
• ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazlari;
• tibbiyot oliy o‘quv yurtlari klinikalari.
Shuningdek, Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi, uning hududlardagi 13 ta filiali, tumanlardagi 181 ta shoshilinch tibbiy yordam qabul bo‘limi hamda tumanlararo qo‘shma shikastlanishlar va o‘tkir qon-tomir kasalliklari markazlarida 24 soat davomida navbatchi shifokor va hamshiralar faoliyat yuritadi. Ushbu muassasalar zarur dori-darmonlar bilan ta’minlanib, zaxira o‘rinlari yaratilgan.Bundan tashqari, ushbu kunlarda O‘zbekiston bo‘yicha 2 ming 835 ta tez tibbiy yordam brigadasi aholidan bo‘ladigan chaqiriqlar asosida kun-u tun xizmat ko‘rsatadi, 229 ta tug‘uruq, 245 ta bolalar davolash muassasaci ham uzluksiz ish olib boradi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq joriy yil Yangi yil bayrami munosabati bilan jamoat transportlarining ish vaqti bir kunga uzaytirilishi xabar berilgandi.
LiveBarchasi