Yangi yil yaqin. Bir kunda nechta mandarin yeyish mumkin?
Salomatlik
−
24 dekabr 2021
12506Bir kunda to‘rt-beshtadan ko‘p mandarin yeyish mumkin emas. Bu haqda diyetolog Nadejda Sapkina ma’lumot berdi.
Uning ta’kidlashicha, bu meva kalsiy, magniy, kaliy, D, K va B vitaminlarining ajoyib manbaidir. Undagi kletchatka oshqozon-ichak traktining normallashishiga yordam beradi va S vitamini immunitet tizimini mustahkamlaydi.
“Fitonsidlar va efir moylari bilan birgalikda sitrus mevalari viruslarga qarshi kurashda yordam beradi. Bioflavonoidlar va antioksidant beta-karotin mavjudligi saraton kasalligining shakllanishiga to‘sqinlik qiladi”, deyilgan manbada.
Mutaxassisning qo‘shimcha qilishicha, mandarinlarni tez-tez iste’mol qilish jigar muammolariga olib kelishi mumkin, chunki kuniga fruktoza normasi 40 grammdan oshmaydi.
U kuniga to‘rt-beshtadan ko‘p mandarin iste’mol qilmaslikni tavsiya qiladi.
“Mumkin bo‘lgan allergik reaksiya haqida unutmaslik kerak. Gastrit bilan og‘rigan odamlar ham ehtiyot bo‘lishlari kerak, chunki mandarinlar ichak va oshqozon shilliq qavatini bezovta qilishi mumkin”, degan diyetolog.
LiveBarchasi