Yangi yil kechasi Sankt-Peterburgda 3 mingga yaqin migrant qo‘lga olindi

Olam

image

Sankt-Peterburgda Yangi yil bayrami arafasida 3 mingga yaqin muhojir qo‘lga olindi, ular shahar markazidan politsiya bo‘limlariga olib ketildi. Bu haqda "Fontanka" va "78.ru" portali xabar berdi.

"Fontanka" ma’lumotlariga ko‘ra, qo‘lga olinganlarning 600 dan ortig‘i migratsiya qonunchiligini buzgan holda mamlakatda ishlab yurgan. Ayni paytda ularga nisbatan ma’muriy bayonnomalar tuzilgan. 

"100 dan ortiq odam chiqarib yuborilishi mumkin", deyiladi bu haqdagi eslatmada.

"78.ru" esa avtobusdagi odamlarning yonida huquq-tartibot idoralari xodimlarining navbatchilik qilayotgani aks etgan videoni ham chop etgan.


Maqola muallifi

Teglar

Sankt-Peterburg Yangi yil

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing