Yangi WBA reytingida o‘zbek bokschilari nechanchi o‘rinda?
Sport
−
01 fevral 2023 13019 1 daqiqa
Jahon boks assotsiatsiyasi (WBA) yanvar oyi yakuni bo‘yicha bokschilarning yangilangan reytingini e’lon qildi. Yangi reytingga o‘zbekistonlik professional bokschi Bektemir Meliqo‘ziyev ham kiritildi.
Meliqo‘ziyev 29 yanvar kuni AQSHning Kaliforniya shtatida tashkil etilgan professional boks musobaqasida amerikalik Ulises Serraga qarshi ringga chiqib, 3-raund oxirida raqibini nokautga uchratgandi. Mazkur g‘alaba evaziga o‘zbekistonlik bokschi WBA reytingida 12-pog‘onadan joy oldi.
O‘zbekistonlik bokschilarning WBA reytingidagi o‘rinlari:
Super o‘rta vazn (76,2 kg): Bektemir Meliqo‘ziyev 12-o‘rin;
Super yarim o‘rta vazn (69,8 kg): Isroil Madrimov 1-o‘rin,
Super yengil vazn (63,5 kg): Shohjahon Ergashev 8-o‘rin, Botir Ahmedov 3-o‘rin;
Yarim yengil vazn (57,1 kg): Otabek Xolmatov 2-o‘rin,
Super yarim yengil vazn (58,9 kg): Elnur Abduraimov 15-o‘rin;
Birinchi yarim yengil vazn (55,3 kg): Murodjon Ahmadaliyev Jahon chempioni;
Minimum vaznda (47,6 kg) Hasanboy Do‘smatov 2-o‘rin.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq o‘zbekistonlik professional bokschi Bahodir Jalolov yangi IBA reytingi bo‘yicha fikr bildirgandi.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025