Yangi virus yana bir kishining umriga zomin bo‘ldi
Olam
−
18 yanvar 2020
5004Avvalroq, 11 yanvar kuni Xitoyda yangi turdagi koronavirus bilan kasallangan birinchi kishi vafot etgani haqida xabar bergan edik.
Xitoyning yangi virus qayd etilgan Xubey provinsiyasidagi Uxan shahrida yana bir bemor vafot etgan. U yangi virusning ikkinchi qurboni bo‘ldi.
"Ayni paytda shaharda koronavirusning yangi turi bilan og‘rigan 41 ta holat qayd etilgan. Ulardan 12 kishi allaqachon shifoxonadan chiqarilgan, besh kishi og‘ir ahvolda, ikki kishi vafot etgan, qolganlarning ahvoli barqaror deb baholanmoqda", deyiladi xabarda.
Ikkinchi marhum 69 yoshli erkak bo‘lgan. Uning kasalligi 31 dekabrda aniqlangan. 4 yanvar kuni ahvoli yomonlashib 15 yanvarda shifokorlarning urinishnishlariga qaramay vafot etgan.
Shuningdek, xabar qilinishicha, bemorlar bilan yaqin aloqada bo‘lgan 763 kishining 119 nafari tibbiy nazoratda.
Bu virus nafaqat odamlarga, balki uy hayvonlariga, qushlarga, cho‘chqalar, qoramollarga ham ta’sir qiladi. Koronavirus nafas olish tizimiga, oshqozon-ichak trakti va asab tizimiga zarar yetkazishi mumkin.
LiveBarchasi