“Yangi O‘zbekiston” bog‘iga yetib olish uchun 2 ta avtobus qo‘yildi
Jamiyat
−
01 Sentabr 2023
5693Bugun, 1 sentyabr kuni “Yangi O‘zbekiston” bog‘ida O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 32 yilligiga bag‘ishlangan mushakbozlik tadbiri bo‘lib o‘tishi munosabati bilan 2 ta yangi avtobus yo‘nalishlari tashkil etildi. Bu haqda “Toshshahartransxizmat” AJ xabar berdi.
Unga ko‘ra, quyidagi yo‘nalishlarda vaqtincha qatnovlar yo‘lga qo‘yiladi:
- Do‘stlik metrosi-Yangi O‘zbekiston bog‘i;
- Mashinasozlar metrosi-Yangi O‘zbekiston bog‘i.
Mazkur yo‘nalishlarda “Yutong” rusumli avtobuslar 5 ta jadval asosida soat 18:00 dan 22:00 ga qadar harakatlanadi. Bundan tashqari, “Toshshahartransxizmat” AJning “5-Avtobus saroyi” filialiga biriktirilgan 190-sonli “Yangibozor ASHB - Mashinasozlar metrosi” yo‘nalishi jadvallari soni ko‘paytiriladi.
Bayramga tashrif buyuruvchi mehmonlar “Yangi O‘zbekiston” bog‘iga yetib olish uchun ushbu avtobuslardan foydalanishlari mumkin. Yo‘nalishlarda yo‘l haqi 1400 so‘m etib belgilangan.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining o‘ttiz ikki yilligi munosabati bilan “Yangi O‘zbekiston” bog‘iga olib boruvchi ko‘chaning bir qismida transport qatnovi 2 kunga to‘xtatilgan.
LiveBarchasi