Toshkentdan yangi uy sotib olganda to‘lanadigan 5 foizlik stavka bekor bo‘ldi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti “Davlat boji to‘g‘risida”gi Qonunga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida” Qonunni imzoladi. Bu haqda Adliya vazirligi Matbuot xizmati ma’lum qildi.

Kiritilgan o‘zgartishlarga ko‘ra, O‘zbekistonda doimiy yashovchi va respublikaning boshqa mintaqalarida doimiy propiskaga ega bo‘lgan jismoniy shaxslar tomonidan Toshkent shahri va Toshkent viloyatida yangi qurilgan ko‘chmas mulk sotib olinganda mol-mulkning oldi-sotdi shartnomalarini tasdiqlaganlik uchun shartnoma summasining 5 foizi miqdordagi davlat bojining alohida stavkasi chiqarib tashlandi.

Ma’lumot uchun, ushbu qonun loyihasi Oliy Majlis Senati tomonidan 11 may kuni ma’qullangandi.


Maqola muallifi

Teglar

boj uy birlamchi bozor

Baholaganlar

173

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing