Yangi tug‘ilgan chaqalog‘ini 18 ming dollarga sotayotgan ayol ushlandi

3-sahifa

image

Toshkentda olti kunlik farzandini 18 ming AQSH dollariga sotmoqchi bo‘lgan ayol qo‘lga tushdi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti Matbuot xizmati xabar bermoqda.

Departamentning Yangihayot tuman bo‘limi tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro R.T. joriy yil 7 avgust kuni tug‘ilgan qiz farzandini boshqa bir fuqaroga 18 000 dollar evaziga sotayotgani aniqlangan.

Ma’lum bo‘lishicha, Departament xodimlari ayolni kelishilgan pulni olayotgan vaqtda qo‘lga olgan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 135-moddasi (odam savdosi) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Farg‘onada 5 yashar o‘g‘lini sotayotgan ayol qo‘lga tushgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

113

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing