Farg‘onada 5 yashar o‘g‘lini sotayotgan ayol ushlandi
3-sahifa
−
10 avgust 2021
4542Farg‘ona viloyatida bolasini 5 ming AQSH dollariga sotayotgan ayol aniqlandi. Bu haqda “Yangi davr” informatsion dasturida ma’lum qilindi.
Bosh prokuratua huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining Farg‘ona viloyati boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda bir ayol o‘zining 5 yoshli o‘g‘lini boshqa fuqaroga 5 ming AQSH dollari evaziga sotmoqchi bo‘lgani aniqlandi.
Ma’lum bo‘lishicha, Departament xodimlari ayolni kelishilgan pulni olayotgan vaqtda qo‘lga olgan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat Kodeksining 135-moddasi (odam savdosi) 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
LiveBarchasi
Farg‘onada qiymati 76 mln so‘mlik “paqqilloqlar” ushlandi
07 noyabr 2023
Shavkat Mirziyoyev Qatar sobiq bosh vazirini qabul qildi
07 noyabr 2023
Falastin Bosh vaziri Muhammad Shtaye G‘azodagi urush sabab halok bo‘lgan bolalar haqida gapirayotib yig‘lab yubordi
07 noyabr 2023