Yangi Toshkentdagi “novostroyka”ga o‘t ketdi (video)

3-sahifa

image

Bugun, 8 sentyabr kuni Toshkent shahrining Yangi Toshkent tumani hududidagi qurilish ob’ektining yuqori qismida yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, Yangi Toshkent tumani hududidagi qurilish ob’ektining yuqori qismida qurilish mahsulotlari yonayotganligi to‘g‘risida 112 tizimi orqali FVBga xabar kelib tushgan.

Shunga ko‘ra, yong‘in-qutqaruv ekipajlari tezkorlik bilan hodisa joyiga yetib borib, yong‘in soat 15:40 da o‘chirilgan.

Bildirilishicha, yong‘in oqibatida tan jarohati olganlar to‘g‘risida ma’lumot kelib tushmagan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Andijon shahridagi 7 qavatli uyda yong‘in sodir bo‘lgan edi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing