Yangi tashkil etilgan Mahalla vazirligiga “zamministr”lar tayinlandi

Jamiyat

image

Yangi tashkil etilgan Mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash vazirining o‘rinbosarlari tayinlandi.

Sodiqjon Turdiyev mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Bungacha u mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirining o‘rinbosari edi.

Abdulla Tursunov mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash vazirining o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Bungacha u Prezident Administratsiyasi mas’ul xodimi sifatida faoliyat yuritgan.

Muxtor Muhiddinov mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash vazirining o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Bungacha u Toshkent shahar hokimining o‘rinbosari edi.

Avvalroq Muxtor Muhiddinov Toshkent shahar hokimining o‘rinbosari lavozimidan ozod etilgani haqida xabar bergan edik.


Maqola muallifi

Teglar

tayinlov

Baholaganlar

393

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing