Yangi Soliq kodeksida jismoniy shaxslarning daromad solig‘i stavkasi o‘zgardimi?
Jamiyat
−
07 yanvar 2020
7855Yangi tahrirdagi Soliq kodeksida ilgari amal qilgan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i stavkalari o‘zgarishsiz qoldi, ya’ni:
O‘zbekiston rezidentlari bo‘lgan jismoniy shaxslar:
• jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ining asosiy stavkasi – 12 foiz;
• dividendlar va foizlar ko‘rinishidagi daromadlar uchun foiz stavkasi - 5 foiz;
O‘zbekiston norezidentlari bo‘lgan jismoniy shaxslar uchun:
• dividend va foizlar – 10 foiz;
• xalqaro yuk tashishdagi transport xizmatlarini ko‘rsatishdan olingan daromadlar (yuk tashishdan olinadigan daromadlar) – 6 foiz;
• mehnat shartnomalari va fuqarolik-huquqiy shartnomalar bo‘yicha olingan daromadlar, boshqa daromadlar – 20 foiz.
LiveBarchasi