Yangi rahbarlar bilan muzokara olib boryapmiz – Shavkat Mirziyoyev “Tolibon” haqida gapirdi

Jamiyat

image

Avval xabar berganimizdek, bugun, 11 oktyabr kuni Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Shavkat Mirziyoyev qashqadaryolik saylovchilar bilan uchrashish uchun viloyatda bo‘lib turibdi.

Amaldagi Prezident Shavkat Mirziyoyev saylovchilar bilan uchrashuv vaqtida qo‘shni Afg‘onistondagi vaziyat haqida fikr bildirdi. 

“Ertalab turib O‘zbekiston-Afg‘oniston chegaralarida nima bo‘ldi, deb so‘rayman. 30-40 daqiqa menga chegaralarimizdagi vaziyat haqida xabar berishadi. Yangi rahbarlar bilan muzokara olib boryapmiz. O‘tiraversak, vaziyatni bizga hech kim aytmaydi. Jafokash afg‘on xalqiga qo‘limizdan kelgancha yordam berishga tayyormiz. Bizning yagona maqsadimiz – O‘zbekistonga Afg‘onistondan o‘q otilmasin”, deydi Shavkat Mirziyoyev.

Davlat rahbarining so‘zlariga ko‘ra, u Prezident bo‘lganida O‘zbekiston chegarasining yarmidan ko‘pi muammolar bo‘lgan.

“Men lavozimga kelganimda 57 foiz chegaramizda muammolar bor edi. Qo‘shni mamlakatlar bilan muzokaralar yordamida ularning aksariyatini hal qildik”, degan nomzod Mirziyoyev.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev

Baholaganlar

214

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing