Yangi mavsumda “Chelsi” YeCHLda qatnashmaydi
Sport
−
27 aprel 2023 4742 1 daqiqa
“Chelsi” Angliya chempionatining 33-turida “Brentford”ga qarshi o‘yinda (0:2) mag‘lub bo‘lgach, Yevropa Chempionlar ligasiga yo‘l olish imkoniyatidan mahrum bo‘ldi.
“Chelsi” hozirda 39 ochko bilan APL turnir jadvalida 11-o‘rinda bormoqda va chempionat yakuniga olti tur qolganida YeCHL zonasidan 20 ochko ortda qolmoqda. London klubining Premer-ligadagi g‘alabasiz seriyasi oltita o‘yin (to‘rtta mag‘lubiyat va ikki durang)ni tashkil qilmoqda.
Qayd etish joiz, “Chelsi” 2018/2019 yilgi mavsumdan buyon ilk marta Yevropa Chempionlar ligasida o‘ynamaydi. Musobaqaning joriy mavsumida “Chelsi” chorak finalga qadar yetib bordi va ikki o‘yinda “Real”ga mag‘lub bo‘ldi.
Live
BarchasiEron Kiprga ham zarba berdi
01 mart