Yangi klubida birinchi golini urgan Ronaldu taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi

Sport

image
0:00
0:00
download

Portugaliyalik hujumchi Krishtianu Ronaldu “Al-Nasr” safida kiritgan birinchi golidan keyin o‘z his-tuyg‘ulari bilan o‘rtoqlashdi. 

“Saudiya ligasidagi ilk golimni urganimdan xursandman va jamoaning sa’y-harakatlari tufayli juda qiyin o‘yinda muhim ochkoga erishdik!”, deydi Ronaldu.

Kecha 37 yoshli portugaliyalik “Al-Fateh” darvozasiga penaltidan gol urdi (2:2).

Eslatib o‘tamiz, Krishtianu “Manchester Yunayted” bilan shartnomani bekor qilganidan keyin, 2022 yil oxirida “Al-Nasr” bilan shartnoma imzolagan edi. Saudiya Arabistonida o‘tgan avvalgi ikki rasmiy o‘yinda Ronaldu samarali harakatlari bilan ajralib turmadi. Shu bilan birga, portugaliyalik “Al-Nasr” va “Al-Hilol” birlashgan jamoalarining PSJ bilan o‘rtoqlik uchrashuvida dubl qayd etdi (4:5).


Maqola muallifi

Teglar

Ronaldu Al-Nasr

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing