Yangi Kia Seltos O‘zbekistondagi MOTORFEST 2026 ko‘rgazmasida namoyish etildi

Biznes

−

image

200 ot kuchi, to‘liq yuritma va mutlaqo yangi dizayn – ikkinchi avlod zamonaviy shahar krossoveri 21–23 oktyabr kunlari Toshkentda, CAEx’da taqdim etildi.

Yangi Seltos – dadil innovatsiyalar va mukammallikka bo‘lgan tinimsiz intilish timsoli. O‘zbekiston bozori uchun quvvati 200 ot kuchiga teng 1,5 litrli turbinali benzinli dvigatel va to‘liq yuritma tizimiga ega versiya ko‘zda tutilgan. Unda klassik yo‘ltanlamasning shiddatli dizayni nafis interer bilan uyg‘unlashgan. Model jihozlariga panoramali tom, proyeksiyali displey hamda intuitiv tushunarli interfeysga ega keng 27 dyuymli panoramali multimedia displeyi kiradi.

Bu Kia uchun strategik muhim SUV segmentlaridan birida ixcham krossoverning ikkinchi avlodidir. Uning tashqi ko‘rinishida brendning katta yo‘ltanlamaslariga xos jihatlar yanada ko‘proq namoyon bo‘ldi: keng radiator panjarasi, brendga xos Star Map yorug‘lik grafikasi va kuzovning aniq chiziqlari ishonchli hamda yuqori texnologik qiyofa yaratadi. Yashirin eshik tutqichlari qiyofani yanada soddalashtiradi, spoyler va ustunlarning kontrastli elementlari esa muallaq tom effektini alohida ifoda etadi. Gorizontal va vertikal chiziqlarni birlashtirgan orqa tomon chiroqlari avtomobilni vizual jihatdan kengroq ko‘rsatadi.

Qulaylik harakatlanish vaqtida ham seziladi: yaxshilangan shovqin izolyatsiyasi safarlarni yanada sokin, kuzovning yuqori pishiqligi va takomillashtirilgan osma sozlamalari esa yanada ravon qiladi. G‘ildirak bazasi 2 690 mm gacha uzaytirilgani tufayli salon yanada kengroq bo‘ldi.

Avtomobilning harakati shahar ko‘chalarida ham, shahardan tashqarida ham yanada barqaror va oldindan ma’lum bo‘ladigan darajada bo‘lib bormoqda. Pishiqligi yuqori bo‘lgan kuzov konstruksiyasi va ergonomik xavfsizlik yostiqchalari tizimi to‘qnashuv paytida haydovchi va yo‘lovchilarni himoya qilishga yordam beradi. Haydovchiga yordam beruvchi ilg‘or tizimlarning to‘liq to‘plami (ADAS) rul boshqaruvi paytida ishonchni oshiradi.

Yangi Kia Seltos uchun ishlab chiqaruvchining besh yil yoki 150 000 km yo‘l bosishiga – qaysi biri avvalroq yuzaga kelishiga qarab, kafolatli xizmat ko‘rsatish shartlariga rioya qilingan taqdirda kafolati amal qiladi.

Yangi Kia Seltos’ni muddatli to‘lov shartlari asosida xarid qilish mumkin:

  • Boshlang‘ich to‘lov 25%  maksimal muddat 18 oy
  • Boshlang‘ich to‘lov 40%  maksimal muddat 36 oy
  • Boshlang‘ich to‘lov 60%  maksimal muddat 60 oy

Minimal oylik to‘lov 2,33 mln so‘mdan boshlanadi.
* Xizmat ko‘rsatuvchi hamkor banklar: “O‘zmilliybank” AJ (O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining 2021 yil 25 dekabrdagi 22-sonli litsenziyasi), ATIB “Ipoteka-Bank” (O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining 2021 yil 25 dekabrdagi 74-sonli litsenziyasi), “TBC Bank” ATB (O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining 2020 yil 11 apreldagi 86-sonli litsenziyasi).
* Avtomobil sug‘urtasini rasmiylashtirish majburiy shart hisoblanadi. Sug‘urta shartlari bank tomonidan belgilanadi.

Yangi Kia Seltos komplektatsiyalari va narxlari

Luxe – zarur jihozlar to‘plamiga ega boshlang‘ich versiya. 17 dyuymli g‘ildiraklar, reflektorli LED faralar, sun’iy charm qoplamali o‘rindiqlar va rul chambaragi, isitiladigan old o‘rindiqlar, konditsioner, 10 dyuymli TFT displeyga ega raqamli qurilmalar paneli, 27 dyuymli rangli displeyga ega multimedia tizimi, avtoturargohga joylashtirish uchun old va orqa datchiklar, orqa tomonni ko‘rish kamerasi, 4 dona xavfsizlik yostiqchasi.

Prestige – Luxe komplektatsiyasiga qo‘shimcha ravishda – proyeksiyali LED faralar, panoramali tom qismi va elektr yuritmali lyuk, ikki hududli avtomat tarzda ishlaydigan iqlim nazorati, isitiladigan orqa o‘rindiqlar, yukxona eshigining elektr yuritmasi, simsiz quvvatlash tizimi.

Premium – Prestige komplektatsiyasiga qo‘shimcha ravishda – intellektual kruiz nazorati, 6 dona xavfsizlik yostiqchasi, haydovchiga yordam berish ilg‘or tizimlari to‘plami (ADAS): ko‘rinmas hududda avtomobil bilan to‘qnashuvni oldini olish tizimi (BCA), avtomobilni harakatlanish yo‘l tasmasida ushlab turish tizimi (LKA), frontal to‘qnashuvni oldini olish tizimi (FCA 2), yo‘l tasmasida harakatlanish yordamchisi (LFA 2).

X-Line – Premium komplektatsiyasiga qo‘shimcha ravishda – 18 dyuymli g‘ildiraklar, X-Line komplektatsiyalariga xos eksterer va intererning eksklyuziv bezak elementlari, isitiladigan sport uslubidagi 3 spitsali rul chambaragi, dinamik tarzda qarshi olish funksiyasiga ega faralar yorug‘ligi, uzatmalar qutisining elektron selektori (Shift-by-Wire), premium toifadagi Bose audio tizimi, surilib chiqadigan eshik tutqichlari, Mood Lamp konturli interer yoritgichi, avtoturargohga joylashtirish uchun yon datchiklar, old oynaga proyeksiyalanadigan displey (HUD), old o‘rindiqlarning ventilyatsiyalash tizimi, orqaga harakatlanishda to‘qnashuvning oldini olish tizimi (PCA), 4 dona kameralarga ega doira bo‘ylab ko‘rish tizimi (SVM), qurilmalar panelidagi ko‘rinmas hududlarni aks ettiruvchi kameralar (BVM).

X-Line+ – X-Line komplektatsiyasiga qo‘shimcha ravishda – to‘liq yuritma (AWD).

Batafsil ma’lumotlar kia.uz saytida va Kia rasmiy dilerlarida.

* MOLIYAVIY MAHSULOT BO‘YICHA MAJBURIYATLARNI BAJARMASLIK ISTE’MOLCHI UCHUN MOLIYAVIY XATARLARGA OLIB KELISHI MUMKIN.

Telefon: (+998) 55-500-83-33
Veb-sayt | Facebook | Instagram | Telegram | YouTube

Reklama huquqi asosida


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing