“Yangi Qozog‘iston”. To‘qayev Konstitutsiyaga o‘zgartirishlar kiritmoqchi
Olam
−
29 aprel 2022
4731Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev mamlakatda Konstitutsiyaga o‘zgartirishlar kiritish bo‘yicha referendum o‘tkazilishini e’lon qildi.
“Referendum eng muhim demokratik institutdir, biroq u Qozog‘istonda oxirgi marta 1995 yilda amaldagi Konstitutsiya tasdiqlanganda o‘tkazilgan. Keyin “Referendum to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy qonun qabul qilingan, shunga qaramay, u hech qachon amalda qo‘llanilmagan. O‘ylaymanki, Konstitutsiyani umumxalq ovoz berish yo‘li bilan o‘zgartirish xalq irodasining yorqin ifodasi bo‘ladi. Referendum har bir fuqaroga mamlakat taqdirini hal qilishda bevosita ishtirok etish imkonini beradi hamda har tomonlama demokratlashtirish va Yangi Qozog‘iston qurish yo‘lidagi harakatimizni mustahkamlaydi”, degan To‘qayev.
Uning ta’kidlashicha, barcha fuqarolar umumiy ishda ishtirok etmasa, na davlat apparati, na siyosiy qarorlar, na iqtisodiy dastaklar mamlakatni yangilash maqsadiga olib kela olmaydi.
“Yangi Qozog‘istonni barpo etish uchun biz individual va ijtimoiy qadriyatlar tizimini to‘liq isloh qilishimiz kerak”, degan Prezident.