Yangi qonun bilan voyaga yetmaganlar Qur’on o‘rganishi mumkin emasmi?
Jamiyat
−
10 iyul 2021
13275Ma’lumki, kuni kecha yangi tahrirdagi “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilindi. Mazkur qonunning 8-moddasida har kim diniy ta’lim muassasalarida professional diniy ta’lim olish huquqiga egaligi, diniy ta’lim muassasalarida o‘qishga fuqarolar qonunchilikka muvofiq umumiy o‘rta, o‘rta maxsus ta’lim yoki professional ta’lim olganidan keyin qabul qilinishi belgilab qo‘yilgan.
Qonunda belgilanganidek, diniy ta’lim muassasalariga bolalar kamida maktabni bitirgach, qabul qilinishi mumkin. Ayrim ota-onalar esa farzandi bolaligidanoq arab tilini bilishi, Qur’on yod olishi, hadislarni o‘rganishini istaydilar. Ayni vaqt qonunning ushbu moddasi ota-onalar orasida “farzandim 18 yoshga to‘lmaguncha Qur’onni o‘rgana olmaydimi”, degan savollarni keltirib chiqarmoqda. Xo‘sh, bunda qanday yo‘l tutish kerak? QALAMPIR.UZ Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisi o‘rinbosari Dilshod Eshnayevga ushbu savol bilan yuzlandi.
“Qonunda bu norma mavjud emas. Ya’ni 18 yoshga to‘lmagan bolalar Qur’onni o‘rganishi mumkin emas, degan masala ko‘tarilmagan. Chunki Qonunimizning o‘ziga xos universalligi ham shundaki, u bitta konfessiya emas, balki barcha konfessiyalarga bir xil ko‘z bilan qaraydi hamda qonunda bir konfessiyani manfaatidan kelib chiqqan holda norma belgilanmagan. Birorta normamiz ma’lum bir konfessiyaga taalluqli emas”, deydi Eshnayev.
Qo‘mita mansabdori so‘zida davom etarkan, mamlakatda 17 ta Qur’on kurslari faoliyat yuritayotganini aytdi.
Hozirgi kunda yurtimizda 17 ta Qur’on kurslari faoliyat yuritmoqda. 18 yoshga to‘lmagan bolalarning tarbiyasiga birinchi navbatda ularning ota-onasi mas’ul. Qur’on o‘rgatish yoki boshqa diniy ta’lim masalalari bo‘lsa buni bevosita ota onasi o‘rgatish huquqiga ega. Bu hech qanday taqiqga uchramaydi”, deydi Dilshod Eshnayev.
LiveBarchasi