Yangi Qishloq xo‘jaligi vaziriga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi

Jamiyat

image

Joriy yilning 26 oktyabr kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari Ibrohim Abdurahmonov nomzodini Qishloq xo‘jaligi vaziri lavozimiga ma’qullagan edi. Bugun, 30 oktyabr kuni Ibrohim Abdurahmonovga 3 nafar o‘rinbosar tayinlandi. Bu haqda "Yangi O‘zbekiston" xabar berdi.

Qayd etilishicha, Qishloq xo‘jaligi vazirining birinchi o‘rinbosari Botir Tog‘ayev hamda qishloq xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari Anvar Karimov boshqa ishga o‘tgani bois bilan lavozimidan ozod qilingan. Shu munosabat bilan quyidagi tayinlovlar amalga oshirilgan:

•  Azim Nazarov qishloq xo‘jaligi vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. U bungacha suv xo‘jaligi vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan.

•  Akmal Qosimov qishloq xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. U bungacha Prezident administratsiyasi Agrosanoat kompleksini rivojlantirish sho‘’basi mudiri lavozimida ishlab kelgan.

•  Bunyod Oxunov qishloq xo‘jaligi vazirining o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. U bungacha Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Moliya-iqtisodiyot va investitsiyalar departamenti boshlig‘i lavozimida faoliyat olib borgan.


Maqola muallifi

Teglar

tayinlov o'rinbosar Ibrohim Abdurahmonov Qishloq xo'jaligi vaziri

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made