Yangi Qirol davrida Buyuk Britaniya Rossiyaga ilk sanksiyalarni kiritdi

Olam

image

Buyuk Britaniya hukumati Rossiyaga nisbatan sanksiyalar ro‘yxatini yana 92 kishi bilan kengaytirdi. Hujjatning yangilangan versiyasi bugun, 26 sentyabr kuni Buyuk Britaniya Tashqi ishlar vazirligi saytida paydo bo‘ldi. E’tiborli jihati shundaki, bu yangi Bosh vazir Liz Trass va yangi Qirol Charlz davrida Rossiyaga qo‘yilayotgan ilk sanksiya. 

Sanksiyalar ro‘yxatiga, xususan, "Goznak" OAJ, Zaporoje viloyati (tan olinmagan) davlat ma’muriyati rahbari Yevgeniy Balitskiy, Zaporoje viloyati hukumati rahbari Anton Kolsov va Xerson davlat ma’muriyati rahbari Aleksandr Kobets kiritilgan. 

Ro‘yxatga shuningdek, Sberbank, Gazprombank va Otkritiye Bank boshqaruvi a’zolari, “Goznak” OAJ, VTB Bank Kuzatuv kengashi a’zosi Valeriy Sidorenko, Mariupol meri Konstantin Ivashenko, Zaporoje viloyati ma’muriyati bosh kengashi a’zosi Vladimir Rogov, Ural kon-metallurgiya kompaniyasi prezidenti Konstantin Maxmudov, Rossiyaning “Qizil maydon” rivojlanish kompaniyalari guruhining egasi Zarax Iliyev va uning direktorlar kengashi raisi God Nisanov, “ARETI” xalqaro kompaniyalar guruhi prezidenti Igor Makarov kirdi. 

Buyuk Britaniya tashqi ishlar vaziri Jeyms Kleverlining so‘zlariga ko‘ra, sanksiyalar Donetsk, Lugansk, Zaporoje va Xerson viloyatlaridagi referendum tashkilotchilari, shuningdek, Rossiya “maxsus harbiy operatsiyasi”ni qo‘llab-quvvatlayotgan, Rossiya hukumatiga yordam beradigan yoki u bilan hamkorlikdan foyda ko‘rayotganlarga qaratilgan. 

“Qurol bilan o‘tkazilgan soxta referendumlar erkin yoki adolatli bo‘lishi mumkin emas va biz bu natijalarni hech qachon tan olmaymiz. Ular Ukrainaning Rossiya egallab olgan hududlarida zo‘ravonlik, tahdidlar, qiynoqlar va majburiy deportatsiyalarning yaqqol namunasiga amal qiladi”, deydi tashqi idora rahbari. 

Shuningdek, u, Ukraina xalqini "kerak bo‘lgan vaqtgacha" qo‘llab-quvvatlashga va’da berdi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya-Ukraina urushi Ukrainaga bosqin Rossiyaga sanktsiya

Baholaganlar

102

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing