“Yangi do‘stlar va uran”. Makronni O‘zbekistonga “qaysi shamollar uchiryapti?”

Olam

image

Fransiya Prezidenti Emmanuel Makronning shu haftaga mo‘ljallangan Qozog‘iston va O‘zbekistonga safaridan maqsad mamlakatning energiya xavfsizligini yaxshilashdir. Bu haqda Makronga yaqin ikki anonim manbaga tayanib, “Bloomberg” xabar berdi.

“Prezident Emmanuel Makron shu hafta energiyaga boy Markaziy Osiyoga safar qilib, mamlakat yadroviy reaktorlarini quvvatlaydigan uran yetkazib beruvchi ikki davlat – Qozog‘iston va O‘zbekistonga tashrif buyuradi”, deyiladi xabarda.

Ta’kidlanishicha, Markaziy Osiyoning ulkan neft, gaz va foydali qazilma zaxiralari unga intilishni oshirgan. Shuning uchun ham Makron bu mintaqada “yangi do‘stlar va uran qidirmoqda”. 

Qayd etish joizki, Nigerda hokimiyat ag‘darilganidan so‘ng, mamlakat Fransiyaga uran va oltin eksporti to‘xtatgandi. Niger jahonda uran qazib olish bo‘yicha yettinchi o‘rinda turadi. Fransiyada elektr energiyasi uchun ishlatiladigan uranning 15-17 foizi Niger hissasiga to‘g‘ri kelardi. Mamlakatda hokimiyatga kelgan kuchlarning esa Fransiya bilan aloqalari yomon.

Agentlik manbasiga ko‘ra, Makronning ikkinchi maqsadi sobiq ittifoq respublikalarini “Rossiyaga qaramlikdan tashqariga” chiqishga undash bo‘lishi mumkin.

Ma’lumot uchun, Qozog‘istonda 170 dan ortiq fransuz kompaniyasi va qo‘shma korxonalari faoliyat yuritmoqda. Makron respublikaga tashrifi davomida "Orano" kompaniyasining Qozog‘istondagi ishtirokini kengaytirish masalasini ham muhokama qilishni rejalashtirgan.

Eslatib o‘tamiz, Emmanuel Makron 1 noyabr kuni Qozog‘istonga, 2 noyabrda O‘zbekistonga kelishi aytilgandi. AFP Yelisey saroyidagi manbasiga tayanib, Makronning Qozog‘iston va O‘zbekistonga kutilayotgan tashrifidan mintaqada AQSH va Yevropa Ittifoqi bilan birga Parij ham o‘z vaznini saqlab qolishini maqsad qilganini xabar qilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Qozog'iston Frantsiya O'zbekiston Emmanuel' Makron

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing