Yangi dizayndagi 50 ming so‘mlikda xatolik ketgan
Jamiyat
−
17 dekabr 2021
18569Avvalroq O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan joriy yilning 22 dekabridan muomalaga chiqariladigan yangi dizayndagi 50 000 so‘mlik va 100 000 so‘mlik banknotlar qanday bo‘lishini e’lon qilgandi. Fuqarolar yangi dizayndagi 50 000 so‘mlik banknotda xatolik ketganini aniqladi.
Gap shundaki, 50 000 so‘mlik banknot namunasining old tomonida “Al-Hakim at-Termiziy” maqbarasi tasviri tushirilganligi, ammo maqbara nomi “Abu Iso at-Termiziy” deb yozilgan.
Markaziy bank mazkur holat bo‘yicha rasmiy ma’lumot berdi. Unga ko‘ra, mutaxassislar bilan qayta o‘rganish natijasida haqiqatdan ham namunadagi tasvir va uning nomlanishida texnik xatolik mavjudligi ma’lum bo‘lgan.
- “Shu sababli O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki yangi dizayndagi 50 000 so‘mlik banknotlar muomalaga chiqarilishidan oldin uning namunasida aniqlangan texnik xatolik bartaraf etilishini hamda maqbaraning nomi to‘g‘ri qayd etilishini ma’lum qiladi.
- O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki banknotlar dizaynlariga befarq bo‘lmagan barchaga o‘z minnatdorchiligini bildiradi”, deyiladi MB xabarida.
LiveBarchasi