Yangi Chevrolet Equinox'ning suratlari e’lon qilindi

Jamiyat

image

"Na Begu" Telegram-kanalida O‘zbekistonda besh o‘rinli Chevrolet Equinox avtomobili suratlari paydo bo‘ldi.

“Krossover Malibu bilan bir platformada qurilgan, yo‘lda qulay harakatlanish uchun barchasi bilan jihozlangan - 2.0 turbo benzin dvigatel,  252 o.k., 9-AKPP, saloni charm, panorama tom, elektron yordamchi qurilmalar”, deyilgan xabarda.

Boshqa bozorlarda Equinox ko‘plab opsiyalar bor, ammo ularning qaysi biri O‘zbekistonda bo‘lishi hozircha noma’lum.

Suratlardagi avtomobil RS komplektatsiyasida va Blackout (antixrom) paketi bilan, salon ichida esa – Malibu’ga o‘xshaydi, faqat undan yuqori.

Ma’lumotlarga qaraganda, avtomobil Trailblazer’dan arzon bo‘ladi, lekin Malibu’dan sal qimmatroq. 2020 yil ikkinchi chorakda yetkazib berish boshlanishi kutilmoqda.

Ma’lumot o‘rnida, “UzAuto Motors” 2020 yilning may oyida yangi - Chevrolet Equinox, Chevrolet Traverse va Chevrolet Trailblazer avtomobillar taqdimotini o‘tkazdi.


Maqola muallifi

Teglar

Chevrolet Equinox

Baholaganlar

337

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing