Virus sabab O‘zbekistonga Chevrolet Equinox yetkazilishi vaqtincha to‘xtatildi
Olam
−
06 fevral 2020
5702Koronovirus tufayli Xitoydagi aksariyat avtokompaniyalar ehtiyot qismlar yetishmasligi sababli o‘z zavodlarida ishlab chiqarishni vaqtincha to‘xtatib qo‘yishdi. Bu haqda «O‘zavtosanoat» AJ xabar bermoqda.
Xabarlarga ko‘ra, ushbu favqulodda vaziyat tufayli, Chevrolet Equinox rusumli transport vositalarini O‘zbekistonga yetkazib berish, mintaqadagi epidemiyaga bog‘liq vaziyat o‘zgarmagunga qadar to‘xtatib turiladi.
“Chevrolet Equinox avtomashinasini sotib olish uchun shartnomani tuzgan va yetkazib berishni qayta tiklashni kutishni istamagan mijozlar belgilangan tartibda to‘langan summani olishlari mumkin. Shuningdek, UzAuto Motors dilerlik do‘konlarida sotilayotgan boshqa har qanday avtomobilni sotib olish uchun shartnomani o‘zgartirishlari mumkin bo‘ladi”, deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, Chevrolet Equinox markasi O‘zbekistonda UzAuto Motors dilerlarida 2019 yil 27 dekabrdan beri sotib kelinmoqda.
LiveBarchasi