Xitoyda koronavirus qurbonlari soni 200 ga yaqinlashdi

Olam

image
Xitoyning virus tarqalgan xavfli hududida 72 o‘zbek bolasi borligi aniqlandi north_east

Xitoyning virus tarqalgan xavfli hududida 72 o‘zbek bolasi borligi aniqlandi

Xitoyda yangi 2019-nCoV koronavirusidan vafot etganlar soni 170 nafarga yetdi. Mamlakatning qit’a qismida ushbu virus bilan kasallanganlar soni 7771 nafarga yetdi.

Dunyo bo‘yicha ushbu vrusni yuqtirganlar soni 7894 nafarga yetdi. Bugungacha koronavirus 20 ga yaqin mamlakatga kirib borishga ulgurdi va har kuni biror davlatda aniqlanyapti. Shu bilan birga, 100 dan ortiq bemor virusdan davolangani ham ma’lum.

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti Xitoydagi koronavirus sabab xalqaro favqulodda vaziyat e’lon qilish kerakmi, deya bosh qotira boshladi. Tashkilot ma’lumotiga ko‘ra, Xitoydan boshqa 3 ta davlatda virusning yuqish holati aniqlangan.

JSST bugun, 30 yanvar kuni shoshilinch yig‘ilish o‘tkazyapti. Unda ikkinchi marta 2019-nCoV virusi sabab xalqaro favqulodda vaziyat e’lon qilish masalasini ko‘rib chiqiladi. Bu haqda JSST Bosh direktori Tedros Adanom Gebreisus ma’lum qildi.

Ma’lumot uchun, Kamboja, Gongkong, Makao, Tayvan, Tailand, Yaponiya, Janubiy Koreya, AQSH, Vetnam, Singapur, Nepal, Fransiya, Germaniya, Avstraliya, Malayziya va BAAda virus bilan kasallanish holatlari qayd qilingan.


Maqola muallifi

Teglar

Xitoy Virus

Baholaganlar

151

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing