“Chalg‘ituvchi raqamlar”. Yangi virusga qancha odam chalingani ma’lum bo‘ldi
Olam
−
18 yanvar 2020
8899Xitoyda paydo bo‘lgan koronavirus bilan kasallanganlar soni rasmiy ma’lumotlarga qaraganda ancha yuqori bo‘lib chiqmoqda. Bu haqda olimlar xulosasiga asoslanib “Interfaks” xabar bermoqda.
Kasallik laboratoriya tomonidan 45 ta holatni qayd etgan, ammo britaniyalik olimlarning ta’kidlashicha, virus, aslida, 1700 kishida aniqlangan. Bu ma’lumot London Imperial kolleji qoshidagi Yuqumli kasalliklarni tahlil qilish markazi tadqiqotlariga asoslangani aytilmoqda.
Ma’lumot o‘rnida: Joriy yilning dekabr oyida Xitoyning Uxan shahrida noma’lum virus aniqlandi. Keyinchalik buning ortidan ikki kishi halok bo‘lgani ma’lum qilindi. Keyinchalik virus Tailand va Yaponiyada ham tarqalgani qayd etildi.
Olimlarning ta’kidlashicha, kasalikka chalinganlarning aniq sonini berishning iloji yo‘q. Ammo ular virusning yo‘qish yo‘llarini o‘rganish ustida bosh qotirishmoqda. Uxanb shahrida 19 million aholi yashaydi. Ushbu shaharga har kuni 3400 kishi kelib-ketadi. Tadqiqotchilar ushbu raqamlarga asoslanib, 177 kishini koronavirusga chalinganini aniqlashgan.
Xitoy hukumatining rasmiy ma’lumotiga ko‘ra, mazkur virus odamdan odamga yuqish holati hali kuzatilmagan.
Sarvar Anvar o‘g‘li
LiveBarchasi