Yangi bemorlarda koronavirus qanday kechmoqda?

Bu qiziq

image
0:00
0:00
download
Vaziyat shunday davom etsa, karantin choralari kuchaytiriladi – SSV north_east

Vaziyat shunday davom etsa, karantin choralari kuchaytiriladi – SSV

O‘zbekistonda koronavirus bilan bog‘liq vaziyat biz o‘ylagandek barqarormi? Bugun kasallikni boshdan kechirayotganlar uning ancha yengil turi bilan to‘qnash kelyaptimi? Yoki o‘tgan yilning iyul-avgust oylarida kuzatilganidek og‘ir ahvoldagi bemorlar ko‘pmi? Bu haqdagi savollarga Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati boshlig‘ining o‘rinbosari Nurmat Otabekov QALAMPIR.UZ’ning #CoronaMarafoni jonli muloqotida javob berdi. 

“Hozir shifoxonalarda 750 dan salgina ko‘p bemor yotgan bo‘lsa, ularning 150 ga yaqini o‘rta og‘irlikda. 20 nafardan ko‘prog‘i esa o‘ta og‘ir ahvolda. Bu axborot har kuni yangilanib turadi. Bu degani, hozir ham kimdir jon talashib shifoxonada yotibdi. Kimdadir kasallik yengil kechmoqda. Bu kasallik yengil kechishi mumkin ekan, xavotirga asos yo‘q, degani emas. Bunga o‘zimizni o‘zimiz ishontirishga hali erta. Kasallik kimdadir yengil kechgan bo‘lsa, kimdadir og‘ir, kimdadir esa jiddiy asoratlarni keltirib chiqarishi mumkinligi bot-bot isbotlangan”, deydi Otabekov.

Mutaxassisning ta’kidlashicha, koronavirusni davolash va bemor bilan muloqotda bo‘lganlarni karantinga olish tartibi hamon o‘zgarmagan. Koronavirus aniqlangan bemor shifoxonaga yuboriladi. Ayni vaqtda kasallik aniqlangan bolalarning 46 foizi shifoxonalarga joylashtirilgan. Qolganlari esa uy sharoitida davolanishni ma’qul ko‘rgan. 

Qayd etilishicha, ushbu kasallikka chalingan yoshi katta bemorlarda klinik belgilar bo‘lish-bo‘lmasligidan qat’i nazar ular qat’iy tartibda shifoxonalarga yotqizilmoqda. 


Maqola muallifi

Teglar

Nurmat Otabekov Koronavirus O'zbekistonda

Baholaganlar

1128

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing