“Yangi avlod” MSZ: 2026 yilda biznes uchun qanday istiqbollar ochiladi?
Biznes
−
06 yanvar 5809 4 daqiqa
2026 yilda kengayishga intilayotgan kompaniyalar uchun “Yangi avlod” maxsus iqtisodiy zonasida investitsiya loyihalarini joylashtirish, rivojlanish va o‘sish uchun noyob imkoniyatlar taqdim etadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-138-son qarori bilan ta’sis etilgan “Yangi avlod” maxsus sanoat zonasi 2026 yilda rezidentlarni faol joylashtirish fazasiga o‘tadi. “Yangi avlod” hududi Yangi Toshkent rivojlanish konsepsiyasi chegarasiga yaqin joylashgan bo‘lib, 20 ming gektar yerni qamrab oladi. Yaqin kelajakda hudud yonida yangi xalqaro aeroport barpo etiladi va Toshkent–Samarqand transport yo‘lagi quriladi.
Ilk bosqichlarda qatnashish biznes uchun qurib bitkazilayotgan infratuzilma bazasidan foydalanishgina emas, balki loyihaga o‘z operatsion talablarini inobatga olgan holda integratsiyalashish imkoniyatini ham beradi. Ushbu format ish boshlashda salmoqli moslashuvchanlikni ta’minlab, biznesning o‘ziga xosligini saqlab qolgan holda maxsus sanoat zonasi muhitiga integratsiyalashuv jarayonini ham osonlashtiradi.
Sanoat loyihasi uchun tayyor muhit
“Yangi avlod” MSZ oldindan taxt qilingan muhandislik infratuzilmasi bilan shakllantirilmoqda. Uchastkalarga energiya resurslari, suv, yo‘llar va suv chiqarish tizimlari tortib borilmoqda. Bu loyihaning boshlang‘ich bosqichida investor uchun infratuzilmaviy vazifalarning bir qismini sezilarli yengillatadi.
Ushbu zonada 160 mVa quvvatga ega yangi nimstansiya qurilishi boshlanganligi haqida xabar berilgandi. U barqaror energiya ta’minotini kafolatlab, tashqi yetkazib beruvchilarga bog‘liqlikni kamaytiradi. Bu energiyatalab tarmoqlarda ishlovchi korxonalar uchun alohida ahamiyatlidir. Ob’ektning foydalanishga topshirilishi 2026 yil ikkinchi choragiga mo‘ljallangan.
Xalqaro logistik xab bilan integratsiya
“Yangi avlod” hududida O‘zbekistonda eng yirik xalqaro transport-logistik xab bunyod etiladi. Ushbu loyiha Toshkent hokimligi va Dubayning DP World kompaniyasi hamkorligida amalga oshirilmoqda. Infratuzilma temiryo‘l terminalini, A toifadagi omborlarni, bojxona rasmiylashtirish zonalarini, kross-doking va avtomobillarni saqlash maydonlarini o‘z ichiga oladi. 4PL formatidagi multimodal logistik yechimlarning qo‘llanilishi rezidentlarga transport sarflarini sezilarli qisqartirish va mahsulotni saqlashga sarflarni optimizatsiyalash imkonini beradi.
Rezidentlar uchun imtiyozlar
“Yangi avlod” MSZ rezidentlari to‘rt turdagi soliqdan ozod etiladi: foyda solig‘i, mol-mulk solig‘i, suv resurslaridan foydalanish solig‘i, yer solig‘i. Shuningdek, bojxona imtiyozlari ham amal qiladi. Yer uchastkalari uzoq muddatli foydalanishga beriladi va moliyalashtirishni jalb qilishda ta’minot sifatida qo‘llanilishi mumkin.
Boshqaruvchi kompaniyaning roli
“Yangi avlod”da yagona darcha formati tatbiq etilgan, u investorni barcha bosqichlarda – arizani taqdim etish va yuridik shaxsni ro‘yxatdan o‘tkazishdan boshlab to muhandislik tarmoqlariga ulanish va ob’ektni foydalanishga topshirishgacha kompleks qo‘llab-quvvatlashni ta’minlaydi. Biznes uchun bu ishlab chiqarish bosqichiga chiqish muddatlarining qisqarishini va boshqaruv yuklamasining kamayishini anglatadi. Infratuzilmaviy va ma’muriy vazifalarni bir vaqtda hal etish o‘rniga rezident jamoasi bor e’tiborini ishlab chiqarish jarayonlariga va strategiyalarni ishlab chiqishga qaratishi mumkin bo‘ladi. Qarorlarni qabul qilish taomillari vaqt doirasida standartlashgan. Arizani ro‘yxatga olish ikki kungacha, hujjatlarni tayyorlash – yana ikki kun, loyihaning komissiya tomonidan ko‘rib chiqilishi esa – besh kungacha vaqt oladi. Bu loyihani yo‘lga qo‘yishning ochiq-oydin va tayinli ketma-ketligini ta’minlaydi.
Hozirgi rezidentlar profili
“Yangi avlod” MSZ turli sanoat tarmoqlari uchun universal maydon sifatida rivojlanadi. Amaldagi korxonalar safida East Can Solutions alyumin idish-tovoq zavodi mavjud, joriy yil oktyabr oyida bu yerga O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashrif buyurdi. Bundan tashqari, zonada oziq-ovqat, qurilish va elektrotexnika tarmoqlari kompaniyalari ish yuritmoqda.
Rezidentlar qatorida:
- JAC Motors Toshkent — yo‘lovchi va tijorat transporti ishlab chiqaruvchi avtosanoat korxonasi;
- EAS Company — uchuvchisiz parvoz apparatlariga qarshi turish tizimlari ishlab chiquvchisi;
- Mission Foods — yarim tayyor mahsulotlar, souslar va xamirli mahsulotlar ishlab chiqarish quvvatlariga ega, restoranlar va kafelar uchun mahsulotlar yetkazib beruvchi kompaniya;
- Krantas Group — metall konstruksiyalar, avtotsisternalar, maxsus va qishloq xo‘jaligi texnikasi ishlab chiqaruvchisi.
Xitoy va BAA kompaniyalari ham “Yangi avlod”ni tanladilar. Xorijiy investorlarning mavjudligi bu hududga va uning boshqaruv modeliga ishonchning ifodasi bo‘lib xizmat qiladi.
Boshqaruvchi kompaniyaning rasmiy resurslarida “Yangi avlod” imkoniyatlari bilan tanishish va konsultatsiya olish mumkin.
Telefon: +998771512414
+998781137171
Reklama huquqi asosida
Live
Barchasi