Terroristik tashkilotlarga kirib qolgan 5 kishi kechirildi – Bosh prokuratura
Jamiyat
−
20 Sentabr 2019
4830Kecha, 19 sentyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori Nig‘matilla Yo‘ldoshev raisligida Terroristik, ekstremistik yoki boshqa taqiqlangan tashkilot va guruhlar tarkibiga adashib kirib qolgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining murojaatlarini ko‘rib chiqish bo‘yicha Respublika idoralararo komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda komissiya va ishchi guruh a’zolari qatnashdi.
Yig‘ilishda taqiqlangan tashkilotlar tarkibiga adashib kirib qolgan fuqarolarning jinoiy javobgarlikdan ozod etishni so‘rab taqdim etgan murojaatlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 19 sentyabrdagi “Terroristik, ekstremistik yoki boshqa taqiqlangan tashkilot va guruhlar tarkibiga adashib kirib qolgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini jinoiy javobgarlikdan ozod etish tartibini takomillashtirish to‘g‘risida”gi Farmoni talablari asosida ko‘rib chiqildi.
Yig‘ilish yakuniga ko‘ra, Komissiya 5 nafar shaxsni jinoiy javobgarlikdan ozod etish haqida xulosa qildi. Shuningdek, jinoiy javobgarlikdan ozod qilingan 5 nafar fuqarolarni O‘zbekistonga qaytarish, ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish, shu jumladan, ularning bandligini ta’minlashga ko‘maklashishga qaratilgan tashkiliy chora-tadbirlarni amalga oshirish yuzasidan vazifalar belgilab olindi.
Bugungi kunda ushbu masala bo‘yicha kelib tushgan yana 6 ta murojaatlar ishchi guruh tomonidan o‘rganilmoqda.
Yig‘ilishda komissiya va ishchi guruh a’zolarining kelgusidagi vazifalari belgilab olindi.
Jumladan, Farmon talablarini aholiga yetkazish bo‘yicha targ‘ibot ishlarini yanada jadallashtirish lozimligi ta’kidlandi.
LiveBarchasi
30 Oktabr