Yangi harbiy yordam: AQSH Ukrainaga qanday qurollar beradi? 

Olam

image
0:00
0:00
download

Kecha, 6 may kuni ajratilishi e’lon qilgan Ukrainaga AQSH harbiy yordamining yangi paketi 25 ming snaryad va uchta artilleriyani boshqarish radar tizimi, shuningdek, radioelektron urush tizimlarini o‘z ichiga oladi. Bu haqda Pentagon Matbuot kotibi Jon Kirbi tomonidan tarqatilgan bayonotda aytiladi.  

“Ushbu paketga kiritilgan vositalar Ukraina sharqida oldinga siljishda davom etayotgan Rossiya kuchlari bilan janglar nuqtai nazaridan Ukrainaning muhim ehtiyojlarini qondirish uchun mo‘ljallangan”, degan u. 

Hujjatga ko‘ra, Qo‘shma Shtatlar, xususan, Kiyevga 155 millimetrli gaubitsalar uchun 25 ming snaryad, uchta Amerika AN/TPQ-36 artilleriyani boshqarish radar tizimi, shuningdek, boshqa uskunalar va ehtiyot qismlar topshiradi. 

Avvalroq, AQSH Prezidenti Jo Bayden Ukrainaga qo‘shimcha harbiy yordam ajratilishini ma’lum qilgandi. Shu bilan birga, Amerika yetakchisi AQSH Kongressi tomonidan Ukrainaga harbiy yordam ko‘rsatish uchun ajratilgan mablag‘ deyarli tugaganini eslatgan. Shu munosabat bilan Bayden yana qonunchilarni Vashington ma’muriyati tomonidan Kiyevga qo‘shimcha 33 milliard dollarlik yordam ko‘rsatish bo‘yicha avval yuborilgan so‘rovni ma’qullashga chaqirgan.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya-Ukraina urushi Ukrainaga bosqin

Baholaganlar

139

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing