Yangi haftada O‘zbekistonning qaysi hududlarida qor yog‘ishi mumkinligi aytildi

Foydali

image

Yangi haftada O‘zbekiston hududiga nisbatan salqin va nam havo kirib keladi. Bu haqda O‘zgidromet xabar berdi.

Unga ko‘ra, bugun, 25 dekabr kuni O‘zbekiston hududi bo‘yicha quruq va juda iliq ob-havo saqlanib turadi. Kunning ikkinchi yarmida havo 18-23 darajagacha ko‘tariladi. Bu dekabr oyining oxirgi haftasi uchun bo‘lgan me’yoriy qiymatlardan 10-12 darajaga yuqoridir.

O‘zgidromet respublikaning shimoli-g‘arbiy hududlariga nisbatan salqin va nam havo kirib kelishi boshlashini prognoz qildi. Jumladan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, harorat 8-13 darajagacha pasayadi. Buxoro, Navoiy viloyatlarida kechga tomon biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin.

26-27 dekabr kunlari nisbatan salqin va nam havo kirib kelishi O‘zbekistonning barcha hududlariga tarqaladi. 26 dekabrda respublikaning barcha viloyatlari bo‘yicha, 27 dekabrda markaziy viloyatlar va Farg‘ona vodiysi bo‘yicha yomg‘ir yog‘adi, shimolda qorga aylanishi mumkin. Tog‘oldi va tog‘li hududlarda ba’zi joylarda yog‘ingarchilik kuchli bo‘ladi. Havo harorati kechalari 2-7 darajagacha, kunduz kunlari 8-13 darajagacha, shimolda kechalari -0/-5 darajagacha, kunduz kunlari 3-8 darajagacha pasayadi.

28 dekabrda O‘zbekiston bo‘yicha ob-havo yog‘ingarchiliksiz bo‘lishi va harorat biroz ko‘tarilishi kutilmoqda, 29 dekabr kuni esa sovuq havoning yana bir qismi respublika hududiga kirib keladi. Respublikaning barcha viloyatlarida yomg‘ir yog‘ishi va harorat kunduz kuni 5-10 darajagacha pasayishi kutilmoqda. Shimoliy hududlarda yog‘ingarchilik yomg‘ir ko‘rinishida yog‘adi, ba’zi joylarda qorga aylanadi.

Ba’zi joylarda shamol tezligi 15-20 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda. Respublikaning ayrim joylariga tuman tushishi mumkin.

Poytaxtda 25 va 28 dekabr kunlari yog‘ingarchilik kutilmaydi. 26-27 va 29 dekabr kunlari vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi.

Bugun kunduzi harorat 21-23 daraja bo‘ladi. 26-27 dekabrda harorat kechalari 3-6 darajagacha, kunduz kunlari 8-11 darajagacha pasayadi. 28 dekabrda kunduzi harorat 13-16 darajagacha ko‘tariladi. 29 dekabrda harorat 5-8 darajagacha pasayadi.

26-27 va 29 dekabr kunlari shamol tezligi 12-15 m/s gacha kuchayishi mumkin.


Maqola muallifi

Teglar

ob-havo O'zbekiston

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing