Yangi haftada havo harorati me’yordan yuqoriroq bo‘ladi – O‘zgidromet
Bu qiziq
−
19 Sentabr 2022 20132 1 daqiqa
Bugun va hafta davomida O‘zbekiston bo‘yicha barqaror harorat fonida quruq va biroz iliq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Bu haqda Gidrometeorologiya xizmati markazi ma’lum qildi.
Shu kunlarda harorat asosan kechalari 13-18 daraja, kunduz kunlari 29-34 daraja atrofida bo‘ladi. Bu sentyabr oyining shu davri uchun o‘rtacha ko‘p yillik harorat qiymatlaridan biroz yuqoridir.
Faqat respublikaning tog‘li hududlarida 21 sentyabr kuni ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.
Live
Barchasi