Yangi hafta juda issiq bo‘ladi – O‘zgidromet
Bu qiziq
−
18 iyul 2022
27929Haftaning birinchi yarmida O‘zbekiston bo‘yicha issiq ob-havo saqlanib turadi. Respublika hududi bo‘yicha havo harorati 38-43 daraja atrofida, janubda va cho‘l hududlarda 44-45 darajagacha ko‘tariladi. Bu haqda Gidrometeorologiya xizmati markazi xabar berdi.
Haftaning ikkinchi yarmida issiq kuchayadi va 21-23 iyul kunlari kunduzi havo 43-45 darajagacha, shimolda, janubda va cho‘l hududlarda 47 darajagacha isiydi. Faqat respublika shimolida 23 iyulda issiq asta-sekin 37-42 darajagacha pasayadi.
Respublikaning ayrim joylarida shamol 15-20 m/s gacha kuchayishi va chang-to‘zon bo‘lishi kutilmoqda. Ba’zi joylarda shamol 22-25 m/s gacha kuchayishi mumkin.
18-24 iyul kunlari Qirg‘iziston hududidan Farg‘ona viloyatining tog‘oldi va tog‘li hududlari bo‘yicha glyatsial (muz) sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.
LiveBarchasi