Yangi hafta boshida ayrim hududlarda yomg‘ir, qor yog‘adi
Jamiyat
−
26 Oktabr
38853O‘zgidromet 28-30 oktyabr kunlari uchun ob-havo ma’lumotlarini e’lon qildi.
Unga ko‘ra, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo biroz bulutli bo‘ladi, 28 oktyabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat 29 oktyabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 28 oktyabrda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 28 oktyabrda kechasi 0-5 daraja iliq, ba’zi joylarda 2 daraja sovuqqacha, kunduzi 7-12 daraja iliqqacha; 29 oktyabrda kechasi 3 daraja sovuq-2 daraja iliq, Ustyurtda kechasi 2-7 daraja, kunduzi 5-10 daraja sovuq, 30 oktyabrda kechasi 0-5 daraja iliq, kunduzi 12-17 daraja iliq bo‘ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, 28 oktyabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, 29-30 oktyabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 28 oktyabrda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 28 oktyabrda kechasi 5-10 daraja, Navoiy viloyatining shimolida 0-5 daraja iliq, ba’zi joylarda 2 daraja sovuqqacha, kunduzi 8-13 daraja; 29-30 oktyabrda kechasi 0-5 daraja iliq, ba’zi joylarda 2 daraja sovuqqacha, kunduzi 10-15 daraja bo‘ladi.
Toshkent, Sirdaryo, Samarqand va Jizzax viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, 28 oktyabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, 29-30 oktyabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 28 oktyabrda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 28 oktyabrda kechasi 5-10 daraja, kunduzi 8-13 daraja iliq; 29 oktyabrda kechasi 0-5 daraja iliq, ba’zi joylarda 2 daraja sovuqqacha, kunduzi 10-15 daraja; 30 oktyabrda kechasi 2-7 daraja, kunduzi 10-15 daraja iliq bo‘ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, 28 oktyabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, 29-30 oktyabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 28 oktyabrda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 28 oktyabrda kechasi 5-10 daraja, kunduzi 10-15 daraja; 29-30 oktyabrda kechasi 1-6 daraja, kunduzi 12-17 daraja iliq bo‘ladi.
Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, 28 oktyabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, 29-30 oktyabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 28 oktyabrda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 28 oktyabrda kechasi 5-10 daraja, kunduzi 10-15 daraja; 29-30 oktyabrda kechasi 0-5 daraja, kunduzi 18-13 daraja iliq bo‘ladi.
Respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi, 28 oktyabrda ayrim joylarda kuchli bo‘lishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 28 oktyabrda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 28 oktyabrda kechasi va kunduzi 0-5 daraja iliq; 29-30 oktyabrda kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi 29 oktyabrda 0-5 daraja iliq, 30 oktyabrda 2-7 daraja iliq bo‘ladi.
LiveBarchasi