Yangihayot tumaniga hokim, prokuror va IIB boshlig‘i tayinlandi

Jamiyat

image

Bugun, 16 noyabr kuni Yangihayot tumani Xalq deputatlari Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Unda tuman hokimi, Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i va tuman prokurori tasdiqlandi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi Matbuot xizmati xabar berdi. 

Sessiyada “Yangihayot tumani hokimini tasdiqlash to‘g‘risida”gi masala ko‘rib chiqilib, deputatlar tomonidan ushbu lavozimga  tavsiya etilgan  Hayot Ilyasovich Inog‘omov nomzodi bir ovozdan ma’qullangan

Hayot Inog‘omov 1986 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan. 2008 yilda Toshkent avtomobil yo‘llari institutini tamomlagan. 

Shu paytga qadar Toshkent shahar hokimining o‘rinbosari – Toshkent shahar kanallardan foydalanish va ularga tutash hududlarni obodonlashtirish boshqarmasi boshlig‘i vazifasida ishlagan.

Shuningdek, Yangihayot tumaniga prokuror va IIO faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasining boshlig‘i ham tasdiqlandi

Yangihayot tumani prokurori lavozimiga Azamat Avazovich Azimov, IIO faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga esa Murat Tohirovich Raimov tasdiqlangan. 

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati joriy yilning avgust oyida Toshkent shahrida Yangihayot tumanini tashkil etish to‘g‘risidagi qarorni ma’qullagan edi. 
 


Maqola muallifi

Teglar

Yangihayot tumani

Baholaganlar

360

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing