Yana uchta davlat koronavirusni qarshi oldi
Olam
−
27 fevral 2020
1442826 fevral kuni Pokistonda ilk bor koronavirusga chalinish holati qayd etildi. Mamlakatning ikki fuqarosi ushbu kasallikni yuqtirib oldi. Bu haqida Pokiston Sog‘liqni saqlash vazirligi rahbari Zafar Mirza ma’lum qilgan.
"Pokistonda koronavirus infeksiyasining dastlabki ikkita holati qayd etilganini tasdiqlashim mumkin. Ikkala holatda ham davolanish standart tibbiy protokollar bo‘yicha olib boriladi. Har ikkala bemor barqaror holatda", deb yozgan u Twitter’dagi o‘z sahifasida.
Koronavirus il bor qayd etilgan davlatlardan yana biri Estoniya bo‘ldi. Bu haqida bugun, 27 fevral kuni Respublika ijtimoiy masalalar vaziri Tanel Kiyk ma’lum qilgan.
“Bugun ertalab Estoniyada koronavirusga chalinish holati qayd etilgani haqidagi xabar paydo bo‘ldi. Gap mamlakat fuqarosi bo‘lmagan, ammo bu yerda doimiy istiqomat qiluvchi shaxs haqida ketmoqda. Bu borada aniq ma’lumotni salomatlik departamenti beradi”, dedi Kiyk ETV telekanalida chiqish qilar ekan.
Vazirning so‘zlariga ko‘ra, kasallangan shaxs Estoniyaga 26 fevral tunida Erondan kelgan. Ayni vaqtda u izolatsiyaga olingan. “Mendagi ma’lumotlarga ko‘ra, gap Eron fuqarosi haqida bormoqda”, deya aniqlik kiritgan Kiyk.
27 kuni tasdiqlangan ma’lumotlarga ko‘ra, Daniyada ham COVID-19 holati ilk bor kuzatildi. Bu haqida mahalliy TV 2 telekanali xabar bermoqda.
Ma’lumotlarga ko‘ra, shimoliy Italiyaning tog‘li kurortidan qaytgan erkak kishida bu holat aniqlangan. Hozirda u o‘z uyida karantinda saqlanmoqda. Erkakning rafiqasi va o‘g‘lida koronavirusga chalinish holati aniqlanmagan.
LiveBarchasi