Yana noutbuk mashmashasi: Namangandagi o‘quvchi yutgan sovrin biryo‘la tortib olindi

3-sahifa

image
0:00
0:00
download

Ijtimoiy tarmoqlarda Namangan viloyati Norin tumanidagi 1-maktab o‘quvchisiga berilgan noutbuk qaytarib olingani haqidagi videomurojaat tarqaldi. Videomurojaatda aytilishicha, Respublika miqyosida o‘tkazilgan onlayn olimpiadada matematika fani bo‘yicha faxrli 1-o‘rinni qo‘lga kiritgan Murodjon ismli o‘quvchiga berilgan noutbuk qaytarib olingan.

“2022 yil 10 yanvar kuni bo‘lib o‘tgan Respublika onlayn olimpiadasida birinchi o‘rinni egalladim va menga noutbuk bilan faxriy yorliq berildi. Ammo bu noutbukni maktabimiz o‘qituvchilari olib qo‘ydi. Sababini so‘raganimda “bu mukofot seniki emas, chunki seni nomingdan biz ishlaganmiz, biz mehnat qilganmiz” dedi. O‘qituvchiga berilgan sovg‘ani esa metodist ishlatadi, u ham mehnat qilgan deb metodistga berib qo‘ydi”, deydi Murodjon o‘z videomurojaatida.

Eslatib o‘tamiz, bu tanlovda g‘olibi bo‘lgan o‘quvchilarni taqdirlash bilan bog‘liq birinchi muammoli holat emas. Bundan oldin Samarqand viloyati Nurobod tumanidagi maktablardan birining 8-sinf o‘quvchisi “Bir million dasturchi” ko‘rik-tanlovida g‘olib bo‘lgan Sardor Sattorov va’da qilingan yangi noutbuk o‘rniga eskisi bilan taqdirlangandi. O‘quvchi nohaqlikka uchraganini aytib, videomurojaat yo‘llashi ortidan bu masala ko‘plab muhokamalarga sabab bo‘ldi. Keyinroq IT-park tanlov g‘oliblarini taqdirlash bilan bog‘liq muammo bartaraf etilganini, unga yangi noutbuk sovg‘a qilinganini bildirdi.

Ammo o‘quvchiga nisbatan nohaqlik qilinishi ortidan Nurobod tumani Xalq ta’limi bo‘limi ta’lim jarayoniga AKTni joriy etish sho‘’basi bosh mutaxassisi Asliddin Dangalov ishdan olindi. Nurobod tuman hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari Navro‘zbek Jaloliddinovga nisbatan Mehnat kodeksining 181-moddasi (intizomiy jazolar) 1-bandiga asosan “hayfsan” olgandi. Ammo oradan biroz o‘tib viloyat hokimi Erkinjon Turdimov  Navro‘zbek Jaloliddinovni vazifasidan ozod etilganini ma’lum qildi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

832

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made