Yana metro mojarosi: Toshkent metrosida poyezd eshikni yopmay harakatlandi

Jamiyat

0:00
0:00
download

Toshkent metropolitenining Chilonzor yo‘nalishidagi “Pushkin” va “Buyuk ipak yo‘li” bekatlari oralig‘ida harakatlangan poyezd vagonining eshiklari yopilmagan. Shunga qaramay, metro poyezdi yo‘lovchilarning hayotini xavf ostiga qo‘ygan holda harakatni davom ettirgan. Ushbu holat yo‘lovchilar tomonidan olingan tasvirlarda aks etgan. 

“Bunaqa dahshatni faqat triller kinolarda ko‘rish mumkin edi, ammo o‘z ishiga mas’uliyatsiz insonlarning kasriga, ming afsuski, bizda bunaqa holatlar kundalik voqeaga aylanib qolayotgandek”, deb yozadi bloger Xushnudbek Xudoyberdiyev.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 18 mart kuni Toshkent metropolitenining Chilonzor va Sergeli yo‘nalishlari orasida ikkita poyezd to‘qnashuvi sodir bo‘lgandi.

Keyinroq, Sergeli yo‘nalishida harakatlanib borayotgan metro poyezdi bekatlar oralig‘ida to‘xtab qoldi. Undagi yo‘lovchilar poyezd vagonlaridan tushib, metro bekatigacha releslardan o‘tib yetib bordilar. 


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

595

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing