Yana irqchilik va yana Vinisius. “Real” Ispaniya Bosh prokuraturasiga shikoyat qildi

Sport

image

“Real” Ispaniya chempionati doirasidagi “Osasuna”ga (4:2) qarshi o‘yindan so‘ng Ispaniya Qirollik futbol federatsiyasi Tartib-intizom qo‘mitasiga shikoyat arizasi bilan murojaat qildi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.

“Klubimiz hakamlar protokolini ehtiyotsizlik bilan tayyorlagani uchun o‘yin bosh hakami Xuan Martines Munuera ustidan shikoyat qildi. Bu hakam Vinicius Juniorga qaratilgan haqorat va qo‘pol so‘zlarga ataylab e’tibor bermadi”, deyiladi manba xabarida.

Shuningdek, “Real” qoidabuzarlarni aniqlash va jazolash uchun zo‘ravonlik, irqchilik, ksenofobiya va sportdagi murosasizlikka qarshi kurash bo‘yicha davlat komissiyasiga shikoyat yuborgan.

El-Sadardagi hodisalar munosabati bilan Madrid klubi 15 mart, kuni Bosh prokuraturaga La Liga o‘yinlari o‘tkaziladigan hududlarda Vinisius Juniorga nisbatan irqchilikka asoslangan haqoratlar bo‘yicha shikoyat yubordi. “Qirollik klubi” o‘z shikoyatida Montjuik va Madriddagi “Metropolitano” stadionidagi jinoyatchilarni aniqlashni so‘radi.

“Real Madrid” yana bir bor irqchilik va kamsitishlarni qoralaydi va Vinisius Juniorga nisbatan qilingan irqchilik holatlari yuzasidan zarur choralar ko‘rilishini talab qiladi”, deyiladi klub saytida.


Maqola muallifi

Teglar

Real Ispaniya Vinisius

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing