Yana ikki davlat Pekin Olimpiadasiga boykot e’lon qildi

Olam

image

Buyuk Britaniya va Kanada Pekinda o‘tkaziladigan qishki Olimpiya o‘yinlariga rasmiy delegatsiya jo‘natmaslikka qaror qildi.

Buyuk Britaniya Bosh vaziri Boris Jonson Xitoy inson huquqlarini buzayotgani uchun na vazirlar, na boshqa rasmiylar tadbirlarda ishtirok etmasligini aytgan. Pekin esa bu ayblovlarni rad etmoqda

Kanada ham Britaniya ortidan Pekindagi qishki Olimpiya o‘yinlariga diplomatik boykot e’lon qildi.

“Kanada Xitoyda inson huquqlari buzilayotgani haqidagi xabarlardan chuqur tashvishda. Shu sababdan biz Pekindagi qishki Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlariga diplomatik vakillarimizni yubormaymiz” deb yozgan mamlakat Bosh vaziri Jastin Tryudo Twitter sahifasida.

Uning fikricha, Kanada uning ittifoqchilarining bu harakati Xitoy uchun kutilmagan chora bo‘lmaydi.

Avvalroq AQSH, Avstraliya va Yangi Zelandiya Pekindagi musobaqaga diplomatik boykot e’lon qilgandi. Bundan tashqari, Yevropa Parlamenti raisining o‘rinbosari Pekindagi Olimpiadani butunlay boykot qilish taklifini bildirdi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

599

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing