Yana bir jahon yulduzi Osiyoda o‘ynashi mumkin

Sport

image

Fransiya terma jamoasi sobiq futbolchisi Frank Riberi Qatarning “Al-Sadd” klubiga o‘tishi mumkin. Bu haqda Kicker nashri ma’lum qildi.

“Bavariya” yarim himoyachisi faoliyatini pul borasida ancha saxiy hisoblanadigan arab klubida davom ettirishi mantiqqa yaqin. Bundan tashqari, bu klubda mashhur futbolchilar Xavi va Gabi ham to‘p tepmoqda.

Fransiyalik futbolchining yozda “Al-Sadd”ga o‘tishi uning hozirgi jamoasiga ham muammo keltirmaydi. Sababi ayni paytda futbolchi myunhenliklar tarkibida ko‘proq zahirada qolib ketmoqda.

Ma’lumot uchun, Riberi 2007 yildan beri “Bavariya” sharafini himoya qiladi. Joriy mavsum 36 yoshli fransiyalik Bundesliganing 21ta uchrashuvida maydonga tushib, 4ta gol urdi va 3ta golli pas berdi.


Maqola muallifi

Teglar

Bavariya Frank Riberi

Baholaganlar

33

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing