Yana bir viloyat hokimiga ayollar bilan ishlovchi o‘rinbosar tayinlandi

Jamiyat

image

Andijon viloyati hokimi o‘rinbosari – Oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshlig‘i vazifasini bajaruvchi lavozimiga Gulnoraxon Ma’rufjonovna Abdullayeva tayinlandi.

Gulnoraxon Abdullayeva 1967 yilda Izboskan tumanida tavallud topgan. 1989 yilda Toshkent davlat universiteti (kunduzgi), 2008 yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi davlat va jamiyat qurilishi akademiyasini tamomlagan.

Mehnat faoliyatini 1989 yilda Andijon paxtachilik institutida o‘qituvchilikdan boshlagan. 1990-1992 yillarda Andijon viloyat ijroiya komiteti ijtimoiy, madaniy muassasalar bo‘limining 1-toifali mutaxassisi, 1992-1995 yillarda Andijon viloyat hokimligining 1-toifali mutaxassisi, 1995-2000 yillarda Izboskan tumani hokimligi xususiylashtirish bo‘limi mutaxassisi, bosh mutaxassisi bo‘lib ishlagan. 

2000-2006 yillarda Andijon viloyat hokimligining yetakchi mutaxassisi, 2006-2007 Madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Markaziy Kengashining Andijon viloyatidagi vakili, tarmoq raislari Kengashining raisi, 2010-2013 yillarda Andijon viloyati kasaba uyushmalari tashkilotlari Birlashmasi raisining o‘rinbosari, 2013-2020 yillarda O‘zbekiston Davlat muassasalari va jamoat xizmati xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashining viloyatdagi mas’ul tashkilotchisi vazifalarida faoliyat ko‘rsatgan.

Tayinlovga qadar Gulnoraxon Abdullayeva Andijon viloyati kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi raisi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan.

Avvalroq Samarqand va Xorazm viloyatlari hokimlariga o‘rinbosarlar tayinlangani haqida xabar bergan edik.


Maqola muallifi

Teglar

tayinlov

Baholaganlar

93

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing