Yana bir o‘zbek prof bokschisi raqibini nakautga uchratdi
Sport
−
27 aprel 2019 6417 1 daqiqa
WBA reytingida birinchi o‘rinni egallab turgan o‘zbek professional bokschisi Murodjon “Kaka” Ahmadaliyev faoliyatidagi oltinchi jangini o‘tkazdi.

Mag‘lubiyat va murosa nimaligini bilmay kelayotgan o‘zbekistonlik hozirgina AQSHning Los-Anjeles shahrida meksikalik Karlos Karlsonga qarshi ringga ko‘tarildi. Jerri Kantu hakamlik qilgan jangda to‘liq ustunlikka erishgan Ahmadaliyev raqibini uchinchi raundda nokautga uchratdi.

Ma’lumot uchun, 28 yoshli Karlson prof boksda bugungisi bilan qo‘shib hisoblaganda 29 ta jang o‘tkazgan bo‘lib, ularning 23 tasida g‘alaba qozongan. O‘n to‘rtta jangda raqiblarini nokautga uchratgan. Bugun oltinchi mag‘lubiyatini qabul qilib oldi. Uchinchi jangida nokaut bo‘ldi.
Live
BarchasiIspaniya migrantlarni Seutani tark etishga majbur qilish uchun ularni suv va o‘tsiz qoldirmoqda
17:40
Toshkentdagi o‘pirilib tushgan yo‘l o‘tkazgich qurilishida 7,4 mlrd so‘m yeb yuborilgani ayon bo‘ldi
17:28