Yana bir “uchmas golland” mavsum so‘ngida faoliyatini yakunlaydi
Sport
−
09 mart 2019 5121 1 daqiqa
Hali hamon gollar urishda davom etayotgan 36 yoshli Robin van Persi mavsum so‘ngida futbol bilan xayrlashishini e’lon qildi. Bu haqida golland nashri Algemeen Dagblad xabar tarqatdi.
“Afsuski hammasi tugayapti. Fikrimni o‘zgartirmoqchi emasman. Jamoamizda yetarlicha iqtidorli yosh o‘yinchilar bor. Endi ularga imkon berish kerak. “Feyenoord” men uchun xayrlashuv uchrashuvi tashkil qilishga tayyor. Mazkur o‘yin o‘tkaziladigan kun esa mening qarorimga bog‘liq. Klubning menga nisbatan ko‘rsatayotgan e’tibori tahsinga sazovor.” – deb aytib o‘tgan o‘z intervyusida.
Ma’lumot uchun, van Persi joriy mavsum Gollandiya chempionatining 19ta o‘yinida qatnashib, 14 bora raqiblar darvozasini ishg‘ol qilgan holda 4 marta golli uzatmani amalga oshirgan.
Live
BarchasiIspaniya migrantlarni Seutani tark etishga majbur qilish uchun ularni suv va o‘tsiz qoldirmoqda
17:40
Toshkentdagi o‘pirilib tushgan yo‘l o‘tkazgich qurilishida 7,4 mlrd so‘m yeb yuborilgani ayon bo‘ldi
17:28