Bir toifa qonunbuzarlik uchun jarimalar 111,5 mln so‘mgacha oshirildi
Jamiyat
−
31 avgust 2019
4284Avvalroq, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonunni imzolagani haqida xabar bergan edik.
Qonunga binoan O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksining qator moddalariga o‘zgartirish kiritildi.
132-moddaning birinchi va ikkinchi qismlari quyidagi tahrirda bayon etiladi:
“Davlat muhofazasiga olingan moddiy madaniy meros ob’ektlarini nobud qilish, buzish yoki ularga shikast yetkazish ancha miqdorda zarar yetkazilishiga sabab bo‘lsa, eng kam oylik ish haqining yuz baravaridan uch yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud uch yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.
Davlat muhofazasiga olingan moddiy madaniy meros ob’ektlarini nobud qilish, buzish yoki ularga shikast yetkazish ko‘p miqdorda zarar yetkazilishiga sabab bo‘lsa, eng kam oylik ish haqining uch yuz baravaridan besh yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz oltmish soatdan to‘rt yuz sakson soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi”;
2) 229-3-modda quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan to‘ldiriladi:
“Davlat muhofazasiga olingan moddiy madaniy meros ko‘chmas mulk ob’ektlarining qo‘riqlanadigan tegralarida, alohida muhofaza qilinadigan tarixiy-madaniy hududlarda, shu jumladan o‘zining tarixiy-madaniy qimmatiga ko‘ra Umumjahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan hududlarda va ularning qo‘riqlanadigan tegralarida moddiy madaniy meros ob’ektlari hisoblanmagan binolar, inshootlar hamda boshqa ob’ektlarni belgilangan tartibda ruxsatnoma olmasdan qurish yoki buzish, shunday harakatlar uchun ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin sodir etilgan bo‘lsa, eng kam oylik ish haqining yuz baravaridan uch yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud uch yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi”.
LiveBarchasi