Yana bir taniqli futbolchi yozda PSJdan ketadi

Sport

image

PSJni yozda tark etadigan asosiy yulduzlaridan biri bu faqat Kilian Mbappe emas. Klubni kosta-rikalik darvozabon Keylor Navas ham tark etadi. Bu haqda “L'Equipe” xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, Navas asosiy tarkib uchun kurashda italiyalik Janluiji Donnarummaga imkoniyatni boy bergan.

37 yoshli futbolchi qishda parijliklar safini tark etishi mumkin edi, biroq uning o‘zi shartnoma muddatini yakunlab qo‘yishni afzal bildi. Endi Navas yozda erkin agent sifatida jamoadan ketadi.

Joriy mavsumda bosh murabbiy Luis Enrike atigi to‘rtta o‘yinda Navasga PSJ darvozasini ishonib topshirdi va o‘yinlardan faqat bittasida posbon darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi. Yana uchta o‘yinda darvozabon to‘rtta gol o‘tkazib yubordi.

“Transfermarkt” “Real” bilan uch karra Yevropa Chempionlar ligasi g‘olib chiqqan posbonni ikki million yevroga baholamoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Kilian Mbappe PSJ Keylor Navas

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing