Yana bir paxta zavodida qing‘irliklar fosh etildi
Jamiyat
−
12 fevral 2019
16781O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Inspeksiyasining Samarqand viloyat boshqarmasi tomonidan viloyatdagi paxta tozalash korxonalaridan birida o‘tkazilgan nazorat tadbirida sodir etilgan talon-tarojlik aniqlangan. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum bo‘lishicha, korxona texnik chigit tovarshunosi A.K. Kattaqo‘rg‘on shahrida yashovchi M. ismli shaxs bilan o‘zaro jinoiy til biriktirgan.
Ular jami 101,7 ming kilogramm, umumiy qiymati 116,5 mln so‘mlik texnik chigitni 11 ta yuk tashuvchi mashinaga yuklagan holda, soxta hujjatlar asosida olib chiqib ketayotganda qo‘lga olingan.
Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalariga asosan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Avvalroq, Xorazmdagi 3 ta paxta tozalash korxonasida mansabdor shaxslar ustidan jinoiy ish ochilgani to‘g‘risida xabar bergan edik.
LiveBarchasi